2019-yil 4-aprel kuni Nukus shahrida O‘zbekistonda birinchi ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar berdi.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Mazkur muassasa jismoniy turli nuqsonlari bo‘lgan bolalarni ijtimoiy-madaniy muhitga jalb etish, ularni maktabgacha ta’lim va sog‘lomlashtirish reabilitatsiyasi bilan ta’minlash imkonini yaratib beradi.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

U 120-150 nafar imkoniyati cheklangan tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan.

Muassasaning qurilishi va uning jihozlanishi xorijiy va mahalliy investorlarning beg‘araz yordami hisobidan to‘liq amalga oshirilgan.

“Orolbo‘yi mintaqasida bolalar salomatligi masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2018-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, 7 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalar soni 2013-yilga nisbatan 17,5 foizga oshdi. Shu munosabat bilan respublika Prezidentining tashabbusiga ko‘ra, Nukus shahrida O‘zbekistonda birinchi reabilitatsiya-ta’lim muassasasi tashkil etildi. Korreksion-rivojlantiruvchi ishlarni o‘z vaqtida amalga oshirishni ta’minlash maqsadida biz ushbu maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish yoshini 3 yoshdan 2 yoshgacha pasaytirdik”, — deydi Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Maydoni 3 447 kvadrat metr bo‘lgan 2 qavatli binoda standart xonalardan tashqari basseyn, davolash-jismoniy tarbiya zali, 2 ta fizioterapiya xonasi, 2 ta massaj xonasi, sensor xonasi, mayda motorikani rivojlantirish, ijtimoiy-maishiy moslashish, musiqa va art-terapiya xonasi, ortoped, psixolog, pediatr, diyetolog, logoped, reabilitolog, psixonevrolog, metodist va navbatchi shifokor xonalari mavjud.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Nukus shahridagi ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi Orolbo‘yi mintaqasining chekka hududlarida yashovchi bolalar ushbu muassasada tunda qolishi uchun haftasiga 5 kun mobaynida tun-u kun ishlaydi. Kunning birinchi yarmida tarbiyalanuvchilar maxsus pedagogika bo‘yicha malaka oshirish kurslarini tamomlagan tarbiyachilar bilan o‘quv dasturi bo‘yicha shug‘ullanadi, kunning ikkinchi yarimda esa shtatdagi tibbiy xodimlar nazorati ostida sog‘lomlashtirish-reabilitatsiya muolajalaridan o‘tadi.