3-aprel kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva viloyatida Mercedes-Benz zavodining ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Prezident marosimga “Kortej” loyihasining Aurus mashinasida kelgan, ammo Mercedes’dan ham ba’zida foydalanishini tan olgan.
Rossiyada birinchi Mercedes avtomobil zavodining qurilishi 2017-yilning yozida boshlangan. Loyiha yiliga 25 mingta avtomobil ishlab chiqaradi.
Mahalliy “Kortej” loyihasi 2013-yilda boshlangan. To‘rt yil o‘tgach, Putin ilk bor Aurus brendi ostidagi avtomashinani sinab ko‘rgan. 2018-yilda esa marosimga Aurus Senat Limousine limuzinida kelgan.
Izoh (0)