Sasseks gersoginyasi Megan Marklning qaynotasi, shahzoda Charlz unga turmush o‘rtog‘i marhum malika Dianaga tegishli olmosli tojini taqishni man qildi, deb yozadi “Korrespondent”.
Toj bilan bog‘liq voqea o‘tgan yilning kuzida sodir bo‘lgan, ammo u haqda yaqinda ma’lum bo‘lgan. O‘shanda shahzoda Garri va Megan Markl Fijiga rasmiy tashrif bilan borgan, u yerda ularning sharafiga ajoyib ziyofat uyushtirilgan.
Homilador gersoginya tadbir uchun malika Diananing tojini tanlagan, biroq shahzoda Charlz unga “kambag‘al mamlakatda hashamatni ko‘rsatib, g‘alati” ko‘rinishini aytib, bunga ruxsat bermagan.
Buning uchun shahzoda Garri hatto otasi bilan janjallashib qolgan. Malika bu nizoga aralashishga majbur bo‘lgan. Yelizavetta II nevarasiga Megan “talab qilgan, ko‘ngli tusagan narsaga erisholmasligi”ni tushuntirgan.
Shunisi e’tiborga loyiqki, shu kungi tantanali kechaga Keyt Middlton shu tojda tashrif buyurgan.
Izoh (0)