O‘zbekistonda hukumat qarorlariga o‘zgartirish kiritilib, eksport shartnomasini bojxona organlarida hisobga qo‘yishga oid talab bekor qilindi. Bu haqda Spot xabar berdi.
O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, birjada ro‘yxatdan o‘tkazilgan import kontraktlari ikki ish kuni davomida Davlat bojxona qo‘mitasida yoki uning hududiy organlarida hisobga qo‘yish uchun import qiluvchi tomonidan shaxsan jo‘natilishi lozim edi.
Kiritilgan o‘zgartirishlar bilan mazkur talab bekor qilindi.
Izoh (0)