AQShning Stenford universiteti tadqiqotchilari boshqaruv shakli aholi salomatligiga zarar keltiradi degan fikrga keldi. Bu haqda Forbes xabar berdi.

Foto: Sergio Moraes / Reuters

Avtokratik tuzumdan demokratik tuzumga o‘tish yuqumsiz kasalliklardan o‘lish xavfini 10 foizga kamaytiradi.

Stenford universiteti tadqiqoti quyidagi savolga javob izlagan: erkinlik, aniqrog‘i demokratik boshqaruv shakli aholi salomatligiga va turli mamlakatlarda o‘rtacha umr ko‘rish yoshiga ta’sir qiladimi?

Bu savol metodologik jihatdan murakkab, chunki boshqaruv shakli va uning inson salomatligiga ta’sirini statistikaga ta’sir qiladigan boshqa tarixiy sharoitlardan oson ajratib bo‘lmaydi. Birinchidan, sog‘liqni saqlash sifati turli mamlakatlarda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga bog‘liq. Eng rivojlangan iqtisodiyot esa demokratik davlatlarda kuzatiladi. Shu sababli, taqqoslashning eng to‘g‘ri yo‘li — avtokratik tuzumdan demokratik tuzumga o‘tgan biror mamlakat tarixidagi statistik o‘zgarishlarni kuzatib borishdir.

Ikkinchi argument esa yuqoridagi fikrga zid. Ya’ni, ba’zi avtokratik davlatlar xorijiy mamlakatlar yordamiga tayanib sog‘liqni saqlash tizimiga katta mablag‘ sarflaydi. Bunga bir necha o‘n yil davomida Sobiq ittifoqdan yordam olib, sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilab olgan Kuba misol bo‘la oladi. Efiopiya, Myanma, Ruanda va Uganda kabi mamlakatlarda 1996-yildan 2016-yilgacha o‘rtacha umr ko‘rish yoshini 10 yilga uzaygan. Boshqaruv shakli rasman demokratiya bo‘lsa ham, saylovlar paytidagi zo‘ravonlik  va manipulyatsiya bu davlatlarni demokratiya reytingida eng oxirgi o‘rinlarga joylaydi. Ammo aynan shu davlatlar xorijiy mamlakatlardan sog‘liqni saqlash sohasida yordam oladigan dastlabki o‘ntalikka kirgan.

Lekin shuncha murakkabliklarga qaramasdan, Stenford universiteti tadqiqotchilari hisoblangan parametrlarni ajratishga muvaffaq bo‘lgan va avtokratiyadan demokratiyaga o‘tish aholi sog‘lig‘iga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, o‘rtacha umr ko‘rish yoshini 8-10 foizga oshiradi degan xulosaga kelgan.

“Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, saylovlar va aholi sog‘lig‘i bir-biriga ta’sir qiladi. Demokratik jarayonlar va institutlar, xususan, erkin va adolatli saylovlar xalq salomatligi uchun muhim vosita bo‘lishi mumkin. Ayniqsa ular yuqumsiz va yurak-qon tomir kasalliklariga katta ta’sir ko‘rsatadi”, — deb yozadi tadqiqotchilar.

Stenford sotsiologlari jami 170 ta davlatni o‘rganib chiqqan.

Xorijiy yordam omilini kamaytirish uchun, u eng kam jalb qilinadigan o‘lim sabablari statistik ma’lumotlarini ajratib chiqishning o‘zi yetarli bo‘lgan. Xususan, yuqumli kasalliklar, shu jumladan yurak-qon tomir kasalliklari va saratonga 2016-yilda umumiy xalqaro yordamning faqat 2 foizi jalb qilingan. Shu bilan birga, o‘rta va kam daromadli mamlakatlarda ushbu kasalliklar o‘lim va nogironlikning 58 foizini tashkil etgan.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, so‘nggi 20 yil ichida kam va o‘rta daromadli mamlakatda demokratik ko‘rsatkichlarni yaxshilash yurak-qon tomir kasalliklari natijasida kelib chiqadigan o‘limning o‘rtacha 10 foizga qisqarishiga olib kelgan. Yo‘l-transport hodisalarida o‘lim holatlarini 9,5 foizga, yuqumli kasalliklardan o‘lish darajasi 9,1 foizga, sil kasalligidan o‘lish darajasi esa 8,9 foizga kamaygan.

Tadqiqotchilarning xulosasiga ko‘ra, quyidagi sabablarga ko‘ra demokratiya aholi salomatligiga ta’sir ko‘rsatadi:

— demokratik tuzumda turli jamoat guruhlari va hukumat o‘rtasida kuchli aloqa mavjud bo‘lib, u hukumatni jamoat ehtiyojlarini qondirish uchun sog‘liqni saqlash dasturlarini tezroq o‘zgartirishga da’vat etadi;

— avtokratik rejim ostida siyosiy raqobat pasayadi va axborotdan foydalanish qiyinlashadi, bu esa o‘z navbatida aloqani buzadi va hukumatning o‘zgarayotgan ijtimoiy ehtiyojlarga javobini susaytiradi.

Xususan, saylovning demokratik tabiati va hukumatning javobgarligi, sog‘liqni saqlash dasturlariga ko‘proq e’tibor berishga va tegishli budjetni yuqori ustuvorliklarni hisobga olishga undaydi.

Demokratiya darajasi va sog‘liqni saqlash ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi munosabatlarni belgilab olgan bu sohadagi avvalgi tadqiqotlar, chaqaloqlar o‘limiga va tug‘ilgandan keyin qancha umr ko‘rishiga qaratilgan. Shuning uchun bu ishda tadqiqotchilarning ko‘pgina fikrlarini hisobga olinmagan.

“Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, hukumatning demokratik shaklini rag‘batlantirish va hukumatning javobgarligi jamiyat sog‘lig‘ini yaxshilashga hissa qo‘shishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, mamlakatda buzilgan yo‘llar va yeqilib yotgan infratuzilma faqat muhandislik yechimlari va materiallar mavjudligiga bog‘liq”, — deb yoziladi tadqiqotda.