I Xalqaro baxshichilik san’ati festivali ochilish marosimining bayram dasturida 500 nafar yosh chanqovuz chaladi. Bu haqda festival matbuot markazi “Daryo”ga xabar bermoqda.
Bayram dasturi repertuaridan o‘rin olgan ushbu musiqiy chiqishda yosh ijrochilar Surxon vohasi urf-odat, an’anasini o‘zida mujassam etgan, vohaga xos kuyni ijro etadi.
Aytish kerakki, yoshlar tomonidan ijro etilishi rejalashtirilgan ushbu musiqiy chiqishda ijrochilar vohaning betakror tabiati va takrorlanmas san’atini chanqovuz asbobi kuyida tasvirlab beradi.
“Ijro mahsulini eshitar ekansiz, kuyda yangrayotgan ohangda yurakni junbushga keltiruvchi nolaning borligini his qilasiz. Va atrofga taralayotgan musiqa sizni bir dam olis o‘tmishga yetaklagandek, go‘yo”, — deyiladi xabarda.
Xabarda aytilishicha, o‘tkaziladigan festivalga boysunlik hunarmandlar o‘z hissasini qo‘shishga astoydil kirishgan. Jumladan, G‘ayrat Musurmonov tomonidan ming dona chanqovuz asbobi yasab berilgan. Uni usta hunarmand 70 kun davomida yasagan.
Izoh (0)