1-aprel, dushanba kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida boks bo‘yicha “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro musobaqasi yakunlandi.
Hal qiluvchi janglarda besh nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarildi.
Yakunga ko‘ra, musobaqada To‘lqin Qilichev boshchiligidagi o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari 3 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu borada birinchi o‘rin mezbon Ozarbayjon terma jamoasiga nasib qildi — 4 ta oltin, 3 ta kumush, 7 ta bronza. Kuchli uchlikka esa 1 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza medali qo‘lga kiritgan qozog‘istonlik charm qo‘lqop ustalari yakun yasadi.
Bugungi final janglarda qayd etilgan natijalar:
- -49 kg: Nodirjon Mirzaahmedov—Shalkar Ayxinbay (Qozog‘iston) 2:3
- -60 kg: Shukurjon Rahimov—Muhammad Hamut (Marokash) 0:5
- -69 kg: Iqboljon Xoldorov—Mavlon Oskenbek (Qozog‘iston) 5:0
- -91 kg: Madiyar Saidrahimov—Rahil Mammadali (Ozarbayjon) 5:0
- +91 kg: Obidjon Tohirov—Danila Semenov (Qozog‘iston) 5:0
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)