American Airlines kompaniyasining samolyoti qushlar galasi bilan to‘qnashuv tufayli Boston aeroportiga qaytishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Nyu-Yorkka yo‘l olgan Embraer 190 avialayneri bortida 99 nafar yo‘lovchi va 4 nafar ekipaj a’zosi bor edi. G‘ozlar galasi bilan to‘qnashuv parvozga shaylanish chog‘i ro‘y berdi.

Uchuvchi aviadispetcherlarni qushlardan hech biri dvigatelga kirib ketmagani, biroq kabina oynasiga qon yopishgani haqida xabardor qildi.

American Airlines xodimlari havo kemasini texnik ko‘rikdan o‘tkazadi. Yo‘lovchilar Nyu-Yorkka boshqa reys bilan uchirilishi kutilmoqda.