31-mart, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 29-turi doirasida 4 ta uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.
Turning markaziy o‘yinlaridan birida “Roma” klubi Karlo Anchelotti boshqaruvidagi “Napoli” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
O‘yinning 2-daqiqasidayoq neapolliklar yetakchisi Arkadiush Milik rimliklar darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 45-daqiqaga kelib Diyego Perotti penaltidan gol urib, hisobni tenglashtirdi (1:1).
50-daqiqada esa Dris Mertens “Napoli”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Bundan tashqari Simone Verdi (55), Amin Yunes (81) ham o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi (4:1).
Shu tariqa “Roma” Klaudio Ranyeri qo‘l ostida ketma-ket ikkinchi bor mag‘lubiyatga uchradi va ochko yo‘qotdi.
A Seriya
29-tur bahslari
“Parma”—“Atalanta” 1:3
Gollar: 1:0 — 8 Jervinyo, 1:1 — 24 Pashalik, 1:2 — 75 Banguera, 1:3 — 90 Banguera“Frozinone”—SPAL 0:1
Gol: 0:1 — 13 Vikari“Fiorentina”—“Torino” 1:1
Gollar: 1:0 — 7 Simeone, 1:1 — 34 Baselli“Roma”—“Napoli” 1:4
Gollar: 0:1 — 2 Milik, 1:1 — 45 Perotti, 1:2 — 50 Mertens, 1:3 — 55 Verdi, 1:4 — 81 YunesYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)