“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford klub bilan shartnomasini uzaytirishga tayyor. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.
Manbada yozilishicha, Reshford Ole-Gunnar Sulsher klubning to‘laqonli murabbiyiga aylangandan so‘ng hamkorlikni davom ettirishga qaror qilgan.
Ayni damda hujumchi klub rahbariyatining yangi shartnoma bo‘yicha taklifini kutmoqda.
Uning amaldagi shartnomasi 2020-yilning yoziga qadar amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, angliyalik joriy mavsum premyer liga doirasida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 7 ta golga assistentlik qildi.
Avvalroq Reshforda “Barselona”ning qiziqayotganligi haqida xabar berilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)