Internet tarmog‘ida Rossiya prezidentining Universiada ishtirokchilari bilan uchrashuvda xavfsizlik xizmati xodimini chetga surib qo‘ygani aks etgan video tarqaldi, deb yozadi Sputnik.

Foto: “5 rodnoy”

“Rossiya 24” telekanalida ko‘rsatilgan ushbu rolik jurnalist Dmitriy Smirnov e’tiborini tortgan va o‘zining Twitter’dagi sahifasida joylagan.

“Chetga tur, zabardastsan, sportchilarda ham gavdaliroqsan”, — degan Putin va kulib, qo‘li bilan xodimni chetga surgan.

Shundan so‘ng Putin sportchilarni yuksak natijalari bilan tabriklagan.