AQShning Portlend shahridagi mahalliy shifoxona tug‘ruqxonasida ishlayotgan 9 nafar hamshira deyarli bir vaqtda homilador bo‘ldi. Bu haqda Maine Health tibbiyot markazi ma’lum qildi.

Foto: Maine Health

Ayollarning tug‘ish muddati apreldan iyulgacha ekanligi aytilmoqda. Ular orasida birinchi bor ona bo‘layotganlari ham bor.

Tug‘ruqxona ma’muriyati birdaniga shuncha hamshira tug‘ruq ta’tiliga chiqib ketishidan xavotir olishga o‘rin yo‘qligi, buning uchun kerakli rejalar tuzib qo‘yilganini bildirdi.