Pentagon rahbari vazifasini bajaruvchi Patrik Shanaxan, Meksika bilan chegarada devorning bir qismini qurish uchun 1 milliard dollar ajratishni ma’qullagan, deya xabar beradi “Kommersant”.
Loyihani AQSh prezidenti Donald Tramp faol targ‘ib qilmoqda.
Ichki xavfsizlik vazirligi Mudofaa vazirligidan 5,5 metr balandlik va 92 kilometr uzunlikdagi devor qurishni so‘ragan. Shuningdek, devorga yondosh hududdagi yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish taklifini ilgari surgan. Janob Shanaxan muhandis harbiylarga buyurtma tarkibida ish boshlashni buyurgan.
Fevral oyida Tramp mamlakat janubiy chegaralarida favqulodda holat e’lon qilgan. Ushbu qadam Kongress roziligisiz, Qo‘shma Shtatlar bilan Meksika o‘rtasida devor qurish uchun qo‘shimcha mablag‘ olishiga ruxsat berishi kerak edi.
Izoh (0)