Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qaror topgan amaliyotga muvofiq, parlament quyi palatasi deputatlari 2019-yil 27–31-mart kunlari o‘z saylov okruglarida saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.
Uchrashuvlar chog‘ida deputatlar mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini odamlarga yetkazish, Prezidentning 2018-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi, 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi hamda ularda belgilangan ustuvor vazifalar haqida tushuntirishlar beradi.
Deputatlarning mazkur uchrashuvlardan ko‘zlagan eng asosiy maqsadlaridan biri esa, ma’rifat, ziyo tarqatish bilan bog‘liq bo‘ladi. Ya’ni, ular joylardagi ta’lim muassasalari, xususan, o‘zlari o‘qigan maktablar kutubxonasiga shaxsiy javonidan kitoblar sovg‘a qiladi.
Izoh (0)