Nyu-York nafaqat osmono‘par binolari, balki izohlab bo‘lmaydigan tabiat hodisalari bilan ham mashhur. Bu haqda Forum Daily xabar berdi.
1. Manxettenxenj
Manxettenxenj — Manxettenda 28-maydan 12-iyungacha, yilda bir marta sodir bo‘ladigan hodisaning nomi. Manxettenning kesishgan ko‘chalaridan osmono‘par binolar orasida chiqayotgan yoki botayotgan quyoshni kuzatish mumkin bo‘ladi. Ushbu ko‘chalar 29 graduslik meridianga qarab harakatlanadigan avenyuni kesib o‘tadi. Bu yil birinchi Manxettenxenj 29 va 30-may kunlari bo‘lib o‘tadi.
2. Jorj ko‘lining siri
Sirli tabiiy hodisaga ega bo‘lgan bu ko‘l Adirondak tog‘ tizmasining sharqiy qismida Buyuk Vodiyda joylashgan. Sayyohlar uchun mo‘ljallangan maydondan sal naridagi platformaning o‘rtasida tursangiz, ovozingizning aks-sadosi eshitiladi. Buning fizika nuqtai nazardan izohi yo‘q.
3. Senek ko‘li zambaragi
Nyu-Yorkdagi bu ko‘lda tushuntirib bo‘lmas bir shovqin eshitiladi. Bunday hodisa nafaqat Nyu-Yorkda, balki Kanadaning shimolida va Janubiy Karolinaning Mirtl-Bich sohilida ham eshitiladi. Bu shovqin xuddi zambarakdan o‘q otilayotganini eslatadi. Olimlarning taxminicha, bu yer osti qatlamining yemirilishining natijasidir.
4. Tortishish tepaligi
Optik illyuziya, relyefning o‘ziga xos xususiyatlariga qarab, kichik qiyalik ko‘tarilishga o‘xshaydi. Bu hodisa “gipnotik tepalik”, “magnit tepalik”, “tortishish yo‘li” deb nomlanadi. Bunday joylarda obyektlarning o‘zlari tortish kuchiga qarshi ko‘tarila boshlaganlari ko‘rinadi. Velosportda bu yo‘llar “yolg‘on tekislik” deb nomlanadi.
5. Markaziy vokzalning shivirlovchi galereyasi
Grand Central Oуster Bar’ning yaqinida to‘rtta arka bor. Ular birgalikda shivirlaydigan galereyani tashkil qiladi. Galereyaning masofasi 15 metr. Agar biror odam bir burchakda tursa, u qarama-qashi burchakdagi odamning shivirlashini eshitadi.
6. Sharqiy qirg‘oqdagi noma’lum uchar jism poytaxti
1960-yillarda Payn-Bush shaharchasi ahli noodatiy hodisalar haqida ko‘p yozgan. Ularning aytishicha, o‘zga sayyoraliklar shaharchaga ko‘p marta kelgan. U yerda xatto Cup & Saucer tamaddixonasi ham qurilgan!
7. Shimoliy Salemning muvozanat qoyatoshi
Ushbu 60 tonnalik muvozanat qoyatoshi qanday paydo bo‘lganini hech kim bilmaydi. Lekin qandaydir mo‘jiza sabab u tushib ketmaydi. Ba’zilar qoyatosh muz davrida paydo bo‘lgan desa, yana ba’zilar keltlarning marosim toshi bo‘lgan deydi.
8. Kanalizatsiyadagi timsohlar
AQShda yirik shaharlarda ayniqsa, Nyu-Yorkda eski kanalizatsiya tizimlarida yashovchi kattakon timsohlar yoki alligatorlar haqida afsona mavjud.
Izoh (0)