Qirg‘iziston Prezidenti Sooronboy Jeenbekov 2005-yilning 24-martdagi xalq inqilobiga bag‘ishlangan sanada xalqqa murojaat qildi. Bu haqda “K-News” xabar berdi.
“Hurmatli qirg‘izistonliklar! 2005-yilning 24-mart kuni — qirg‘iz xalqining oilaviy boshqaruvga, korrupsiyaga qarshi kurashishdagi, erkin davlat va adolatli jamiyat qurishdagi eng yorqin sahifalaridan biri bo‘ldi.
Mart voqealari xalqimizning mustaqilligi va munosib hayoti uchun bukilmas irodasi va qat’iyatini namoyon etdi. Ushbu sana aynan xalq yagona kuch ekani va qonunsizlikka yo‘l qo‘ymasligini isbotlagan.
Afsuski, mart inqilobi o‘z maqsadiga erishmadi. Xalqning halol va adolatli hukumatni qurishdagi porloq orzusi amalga oshmadi.
Ham hukumat, ham jamiyat Aksi voqealaridan, mart va aprel oyi xalq inqilobidan jiddiy dars olishi kerak. Biz oilaviy boshqaruvga hech qachon yo‘l qo‘ymaymiz!
Aziz vatandoshlar! Bizning ota-bobolarimiz, Aksi voqealari ishtirokchilari va 2005 va 2010-yil mart va aprel xalq inqilobi ishtirokchilari orzu qilgan erkin, rivojlangan davlat barpo etish xalqlarning hayoti uchun munosib sharoit yaratish bizning asosiy maqsadimizdir. Men Qirg‘izistonga birdamlik, taraqqiyot va farovonlik tilab qolaman!”
Izoh (0)