Sudan prezidentining ma’muriyati huzuridagi fuqarolik mudofaasi xodimlari 23-mart shanba kuni davlat rahbarining qarorgohlaridan birida yuz bergan yong‘inni o‘chirgan, deya xabar beradi “Vesti.ru”.
Yong‘in Sudan hukumati rahbarlarining poytaxt Xartumdagi tarixiy uyining bir qismida yuzaga kelgan.
Sudan prezidenti ma’muriyatining bosh kotibi Muhammad Solih muxbirlarga faqatgina bir nechta xona yonganini aytgan. Shu bilan birga, binoda deyarli hech kim ishlamaydi — prezident va uning ma’muriyati yangi qarorgohga ko‘chib o‘tgan.
Avvalroq, prezident saroyining ikkinchi qavatidagi yong‘inga sabab qisqa tutashuv bo‘lganligi ma’lum qilingandi.
Izoh (0)