Londonda millionga yaqin kishi Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishi bo‘yicha referendum o‘tkazishni talab qilib chiqdi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar berdi.
Bunday aksiya Britaniya poytaxtida oxirgi yillarda bo‘lib o‘tgan eng yirik harakatlardan biri bo‘lgan. Bugungi kunda parlamentdan Brexit’ni bekor qilishni talab qilib yozilgan britaniyaliklarning petitsiyasi 4,5 million kishi tomonidan imzolangan.
Izoh (0)