Avval xabar berganimizdek, Chechenistonda joriy yil may oyida Yevropa mintaqasidagi eng yirik masjid ochiladi.

Foto: VKontakte

Shali shahridagi ushbu masjid bir paytning o‘zida 20 000 kishi namoz o‘qishiga mo‘ljallangan.

Ayni paytda masjidda ichki va tashqi bezatish hamda atrofida obodonlashtirish ishlari ketmoqda. Bu ishlarga 300 nafar mutaxassis jalb etilgan.

Masjid Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq usullarida bezatilib, Gretsiyadan keltirilgan oq marmar ishlatiladi. Yoritish tizimi esa italiyalik mutaxassislarga ishonib topshirilgan.

Foto: “Azon.uz”

“Grozniy” teleradiokompaniyasiga ko‘ra, qurilish ishlari 2012-yilning dekabr oyida boshlangan ushbu masjid o‘zbek me’morlari loyihasi asosida barpo etilmoqda.