AQSh ko‘magida harakat qiluvchi “Suriya demokratik kuchlari” jangovar ittifoqi Suriyaning Baguz shahri IShID terrorchilaridan ozod qilinganini e’lon qildi — bu shahar IShIDning Suriya hududidagi so‘nggi tayanchi deb hisoblanilayotgan edi.

Foto: Reuters

“Suriya demokratik kuchlari” vakili “o‘zini xalifalik deb e’lon qilgan tuzilma to‘liq yo‘q qilingani” va IShID ustidan “harbiy g‘alaba”ga erishilganini ma’lum qildi.

Qayd etish joiz, Baguzga yurish qilinishi haqida 10-fevral kuni e’lon qilingan, o‘shanda Donald Tramp “IShIDning to‘liq yo‘q qilinishiga sanoqli kunlar qolgani”ni ta’kidlagan edi.