21-mart kuni Toshkent shahrining markaziy ko‘chalarida Navro‘z sayillari boshlangani haqida xabar bergan edik.
Dasturga muvofiq bugun ham sayillar belgilangan hududlarda davom ettiriladi.
E’tiborlisi hozirda Amir Temur xiyobonida havo shari osmonga ko‘tarilishga tayyor.
Ushbu havo shari nafaqat mahalliy aholi, balki Samarqand, Buxoro kabi ko‘hna shaharlar uchun ham begona emas.
Shuningdek, O‘zbekistonda Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab birinchi havo shari ekspeditsiyasida ham qatnashgan.
Eslatib o‘tamiz, xalq sayillari 21-martdan 24-martga qadar soat 12:00 dan 22:00 gacha poytaxtning turli chekkalarida davom etadi.
Izoh (0)