21-mart, payshanba kuni Xitoyning Nanning shahrida “China Cup-2019” xalqaro musobaqasi start oldi.
Shu kuni bo‘lib o‘tgan dastlabki yarim final bahsida musobaqa mezboni Xitoy terma jamoasi Taylandga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvdagi yagona golga tailandlik Chanatip Songkrasin (33-daqiqa) mualliflik qildi. Shu tariqa Fabio Kannavaro shogirdlari Tailand terma jamoasiga 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
22-mart, juma kuni musobaqaning ikkinchi yarim finalida Ektor Kuper boshliq O‘zbekiston terma jamoasi Urugvayga qarshi maydonga tushadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 16:35 da Nanning shahridagi “Guanxi Sports Centre” stadionida boshlanadi.
Bellashuv o‘yindan so‘ng yozib olingan holda Sport-TV telekanali tomonidan namoyish etiladi.
China Cup—2019
1/2 final bahslari
21-mart, payshanba
Xitoy—Tailand 0:1
Gol: 0:1 — 33 Songkrasin22-mart, juma
Urugvay—O‘zbekiston 16:35
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)