22-mart, juma kuni FIFA kunlari doirasida bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Hajime Moriyasu qo‘l ostidagi Yaponiya terma jamoasi o‘z uyida Kolumbiya termasini qabul qiladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 15:20 da boshlanadi.
Shu kuni Son Hyon Min yetakchiligidagi Janubiy Koreya termasi Boliviya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bellashuvga 16:00 da start beriladi.
Lionel Skaloni boshqaruvidagi Argentina terma jamoasi o‘z maydonida Venesuela termasi bilan bahsga kirishadi. To‘qnashuv tungi soat 01:00 da boshlanishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, terma jamoa sardori Lionel Messi uzoq tanaffusdan so‘ng mazkur uchrashuvda maydonga tushadi.
Ma’lumot uchun, kunning dastlabki o‘yini AQSh hamda Ekvador terma jamoalari qarshiligi ostida kechdi. Bellashuvdagi yagona gol 81-daqiqada Gyasi Zardes tomonidan kiritildi va AQSh o‘z maydonida Ekvadorni kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi (1:0).
O‘rtoqlik uchrashuvlari
22-mart, juma
Izoh (0)