Fransiyalik musiqachi va Space guruh rahbari Dide Maruani rossiyalik qo‘shiqchi Filipp Kirkorov va bastakor Oleg Popkovga nisbatan 272 million rubllik mualliflik huquqini himoya qilish bo‘yicha qarshi da’vo qo‘zg‘agan, deya xabar beradi “Novaya gazeta”.

Foto: ITAR-TASS

Gap Kirkorovning “Shafqatsiz sevgi” qo‘shig‘i haqida ketmoqda. Maruanining fikricha, uning musiqasida Symphonic Space Dream taronasidan olingan joylar mavjud. “Biz batafsil o‘rgandik, bu ikkita musiqa asari mutlaqo o‘xshash”, — deydi Tarlo.

Maruanining Symphonic Space Dream albomi va shu nomli qo‘shig‘i 2002-yilda chiqqan. Xuddi shu yili Kirkorov “Notanish” albomini chiqargan, undan Oleg Popkov yozgan “Shafqatsiz sevgi” balladasi o‘rin olgan.