Yangi Zelandiyaning Kraystcherchdagi masjidda sodir etilgan terrorchilik hujumidan jabrlangan 31 kishi kasalxonada, ulardan to‘qqiz nafari og‘ir ahvolda ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
So‘nggi 24 soat ichida shifokorlar ikki shahar masjidida sodir etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida jarohat olgan ikki kishiga kasalxonadan javob bergan. Og‘ir ahvolda qolayotgan bemorlar orasida bir nafar bola — to‘rt yoshli qiz bor, u shanba kuni otasi bilan Oklend shahrida joylashgan kasalxonaga ko‘chirilgan, qizning otasi ham og‘ir ahvolda ammo holati barqaror.
Izoh (0)