“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalining “Atletiko”ga qarshi javob uchrashuvidagi xatti-harakatlari uchun jazolanishi mumkin (3:0, birinchi uchrashuv — 0:2). Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida xabar berildi.
UEFA nojoiz harakati uchun portugalliyalikka intizomiy chora ko‘radi. Ronaldu 3-golni urgandan so‘ng golni Diyego Simeonega o‘xshab nishonlagandi.
Argentinalik “Yuventus”ga qarshi dastlabki uchrashuvda ko‘rsatgan imo-ishorasi uchun UEFA unga 20 ming yevro jarima solgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)