O‘tgan hafta ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilardan biri piyodalar yo‘lkasida to‘xtab, odamlarning yo‘lini to‘sib qo‘ygan Lacetti avtomobili haydovchisidan jahli chiqib, post yozgan edi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, haydovchining shaxsi aniqlangan: u asli sirdaryolik 19 yoshli Mardon O. ismli shaxs bo‘lgan. U boshqa bir shaxsga tegishli bo‘lgan mashinani ishonchnoma olib, haydagan. Mardonga nisbatan yo‘l harakati qoidalarining 72-bandini buzgani uchun ma’muriy chora ko‘rilgan.
Izoh (0)