17-mart, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 29-turi doirasida 4 ta bellashuv yakunlandi.
Musobaqa jadvalida 74 ochko to‘plagan holda yetakchilik qilayotgan Parijning PSJ klubi o‘z maydonida “Marsel” jamoasi bilan bahsga kirishdi.
O‘yinning 45+2-daqiqasida Kilian Mbappe Stiv Mandanda darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 2-bo‘limning dastlabki daqiqalaridayoq Valer Jermen hisobni tenglashtirdi (1:1). 55 hamda 66-daqiqalarda esa Anhel Di Mariya dublga erishdi (3:1).62-daqiqaga kelib “Marsel” darvozaboni Stiv Mandanda hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi va jamoa o‘yinni 10 kishi bo‘lib yakunladi.
Shu tariqa parijliklar “Marsel” klubi ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi va navbatdagi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Liga 1
17-mart, yakshanba
“Lion”—“Monpelye” 3:2
Gollar: 1:0 — 12 Teryer, 1:1 — 36 Molle, 2:1 — 58 Dembele, 3:1 — 86 Auar, 3:2 — 90 Kamara“Reyms”—“Nant” 1:0
Gol: 1:0 — 59 Udin“Bordo”—“Renn” 1:1
Gollar: 1:0 — 59 Kamano, 1:1 — 90 NyangPSJ—“Marsel” 3:1
Gollar: 1:0 — 45+2 Mbappe, 1:1 — 46 Jermen, 2:1 — 55 Di Mariya, 3:1 — 66 Di Mariya.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)