Professional boksning super og‘ir (+90,7 kg) vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov (5 ta jang, 5 ta g‘alaba, 5 ta nokaut) tez orada navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqda GoSport xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Bahodir Jalolov aprel oyining birinchi haftasidayoq ringga chiqishi kutilmoqda.
“10-aprelga qadar keyingi jangimni o‘tkazishni reja qilganmiz. Hozircha promouterlarim jang bo‘lib o‘tadigan manzil va raqib bo‘yicha muzokaralar olib borishmoqda. Imkon qadar reytingi baland bokschiga qarshi jang qilmoqchiman”, — deydi Jalolov.Eslatib o‘tamiz, Jalolov so‘nggi bor 15-mart (Toshkent vaqti bilan 16-mart kuni) Kaliforniyada bo‘lib o‘tgan jangda Villi Harvini (3 ta g‘alaba, 2 ta mag‘lubiyat, 1 ta durang) 2-raundda texnik nokautga uchratib, g‘alaba qozongandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)