O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Yengil atletika federatsiyasi, Toshkent shahar hokimligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan 24-mart kuni I xalqaro Toshkent yarim marafoni tashkillashtirilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
I xalqaro Toshkent yarim marafonida dunyoning 23 davlatidan kelgan 200 dan ortiq professional atletlar ishtirok etadi.
Shuningdek, musobaqada havaskorlar 5 kilometr masofaga, imkoniyati cheklanganlar esa 1 kilometr masofaga yugurishlari rejalashtirilmoqda.
Xabarda aytilishicha, I xalqaro Toshkent yarim marafoni doirasida turli xalq sayillari o‘tkaziladi. Xorijdan kelgan sportchilar O‘zbekistonning urf-odat, an’analari bilan tanishadi, milliy taomlarni tatib ko‘radi.
1-o‘rindan 8-o‘ringacha yetib borgan sportchilar 12 million so‘mdan 3 million so‘mgacha pul mukofoti, diplom va medallar bilan taqdirlanadi.
Izoh (0)