15-mart kuni o‘tkazilgan birinchi Markaziy Osiyo iqtisodiy forumi doirasida Farg‘ona vodiysida iqtisodiy yo‘lak ochilishi hamda Bishkek—Chimkent—Toshkent—Andijon—Xo‘jand—Jalolobod temir yo‘l tarmog‘ini qayta tiklash masalalari muhokama qilindi, deya xabar beradi “Nuz.uz”.
Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Qubatbek Boronov Olmaota—Bishkek misolida Markaziy Osiyo hududlari o‘rtasidagi iqtisodiy yo‘laklarga investitsiya kiritishni taklif qildi.
Xususan, Farg‘ona vodiysida Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston hududlari o‘rtasida iqtisodiy koridorlarni yaratish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda. Uning fikricha, bu qadam savdoning o‘sishiga va sayyohlar oqimini ko‘paytirishga yordam beradi.
Qirg‘iziston delegatsiyasi rahbari Bishkek—Chimkent—Toshkent—Xo‘jand—Andijon—Jalolobod temir yo‘l tarmog‘ini tiklash zarurligini ta’kidladi. To‘rt mamlakat orqali o‘tadigan bu yo‘nalish nafaqat ushbu mamlakat fuqarolari, balki mintaqa bo‘ylab sayohat qilish istagida bo‘lgan xorijiy sayyohlar uchun ham ajoyib imkoniyat yaratdi.
Izoh (0)