16-mart, shanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 1-turi doirasida markaziy uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Foto: PFL

Unda Toshkentning ikki klubi “Paxtakor” hamda “Lokomotiv” o‘zaro bahsga kirishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi. Mazkur o‘yin “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuv 8-mart kuni o‘tkazilishi kerak edi, biroq har ikki jamoaning Osiyo Chempionlar Ligasidagi ishtiroki sabab 16-mart sanasiga qoldirilgandi.

Superliga

1-tur bahsi

16-mart, shanba

“Paxtakor”—“Lokomotiv” 18:00

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!