Buyuk Britaniyada shahzoda Garri va uning rafiqasi Megan Markl Kensington saroyidan ko‘chib ketmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
“Ularning Kensingtondan ko‘chib ketishi avvaldan rejalashtirilgan edi. Bu keyinchalik gersog va gersoginya o‘z oilasiga ega bo‘lganida va Frogmor kottejiga ko‘chib o‘tganida ishlarini yengillatadi”, — deyiladi xabarda.
Kottej Vindzorda joylashgan. Gersog va gersoginyaning ofisi ham Bukingem saroyiga ko‘chiriladi. Endi ikki qirollik oilasi alohida ofisda ishlaydi.
“Juftlik kommunikatsiya bo‘yicha yangi mutaxassisni yollaydi. U qirolicha aloqalari vaziri, Donal MakKeyb va davlat xizmatida bo‘lgan bir guruh xodimlar oldida hisobot beradi”, — deyiladi xabarda.
Qirollik oilasiga yaqin insonlar mana shu bahorda o‘zgarishlar bo‘lishini taxmin qilmoqda.
Izoh (0)