UEFA tashkiloti Yevropa Ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvlaridan so‘ng eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlarni e’lon qildi.

Foto: Twitter

Unga ko‘ra 4 nafar o‘yinchi ushbu nomga asosiy da’vogarlardan bo‘lmoqda:

  • Olivye Jiru (“Chelsi”) — 3 ta gol, 1 ta golga assist
  • Pyer-Emerik Obameyang (“Arsenal”) — 2 ta gol, 1 ta golga assist
  • Tomash Souchek (“Slaviya Praga”) — 1 ta gol, 1 ta golga assist
  • Jonas (“Benfika”) — 1 ta gol va 1 ta golga assistant

“Chelsi” hujumchisi Olivye Jiru safarda Kiyevning “Dinamo”siga qashi kechgan o‘yinda het-trikka erishdi hamda 1 ta golli uzatma berdi (5:0).

“Arsenal” hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang “Emireyts” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “Renn” darvozasini ikki bor ishg‘ol qildi va 1 ta golli uzatma berdi (3:0).

“Slaviya Praga” a’zosi Tomash Souchek esa “Sevilya” bilan kechgan bahsda “gol+pas” tizimida “1+1” ko‘rsatkichni qayd etgan bo‘lsa (4:3), “Benfika”—“Dinamo Zagreb” to‘qnashuvida Portugaliya klubi a’zosi Jonas ham hisobiga 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi (3:0).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!