14-mart, payshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi 1/8 finalining navbatdagi 5 ta javob o‘yini ham o‘z nihoyasiga yetdi.

Foto: Twitter/@Arsenal

Angliya premyer ligasining 30-turida “Manchester Yunayted”ni mag‘lub etgan (2:0) “Arsenal” klubi “Emireyts” stadionida Fransiyaning “Renn” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuvning 5 va 72-daqiqalarida Pyer-Emerik Obameyang dublga erishgan bo‘lsa, 15-daqiqada Eynsli Meytland-Nils ham o‘z hisobiga bitta gol yozdirib o‘ydi (3:0). Ushbu golga Obameyang assistentlik qildi.

Shu tariqa “to‘pchilar” o‘z maydonida kechgan bahsda “Renn” klubini mag‘lubiyatga uchratdi va musobaqaning 1/4 finali yo‘llanmasiga ega chiqdi. Eslatib o‘tamiz, fransiyada bo‘lib o‘tgan dastlabki bellashuvda Unai Emeri shogirdlari 1:3 hisobida yutqazgandi.

Luchano Spaletti boshqaruvidagi Milanning “Inter” klubi “Juzeppe Meatssa”da Germaniyaning “Ayntraxt” jamoasi bilan bahsga kirishdi.

O‘yindagi yagona gol 6-daqiqada kiritildi. Unga mehmon jamoa a’zosi Luka Yovich mualliflik qildi (1:0). Shu tariqa Milan klubi o‘z uyida “Ayntraxt Frankfurt”ga imkoniyatni boy berdi va musobaqadagi yurishini to‘xtatdi. Birinchi uchrashuvda hisob ochilmagandi.

Yevropa Ligasi

1/8 final bahslari

14-mart, payshanba

“Arsenal”—“Renn” 3:0 (1:3)

Gollar: 1:0 — 5 Obameyang, 2:0 — Meytland-Nils, 3:0 — 72 Obameyang

“Inter”—“Ayntraxt F” 0:1 (0:0)

Gol: 0:1 — 6 Yovich

“Benfika”—“Dinamo Zagreb” 3:0 (0:1)

Gollar: 1:0 — 71 Jonas, 2:0 — 94 Ferreyra, 3:0 — 105 Grimaldo

“Slaviya Praga”—“Sevilya” 4:3 (2:2)

Gollar: 1:0 — 14 Ngajui, 1:1 — 44 Ben Yedder, 2:1 — 47 Soukek, 2:2 — 54 Haddodiy, 2:3 — 98 Vaskes, 3:3 — 102 Buren, 4:3 — 119 Traore

“Vilyarreal”—“Zenit” 2:1 (3:1)

Gollar: 1:0 — 29 Moreno, 2:0 — 47 Bakka, 2:1 — 90 Ivanovich

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!