UEFA tashkiloti o‘zining rasmiy saytida Yevropa Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomini e’lon qildi.

Foto: Twitter

Ushbu nomga “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu loyiq deb topildi. U 12-mart kuni bo‘lib o‘tgan musobaqaning 1/8 finali javob uchrashuvida “Atletiko” darvozasiga 3 ta to‘p kiritgandi.

U bu yo‘lda quyidagi futbolchilarni ortda qoldirdi:

  • Leroy Sane (“Shalke”ga qarshi o‘yinda 1 ta gol, 3 ta assist)
  • Leo Messi (“Lion”ga qarshi o‘yinda 2 ta gol, 2 ta assist)
  • Sadio Mane (“Bavariya”ga qarshi o‘yinda 2 ta gol)

Go‘lib muxlislarning ovoz berishi orqali aniqlandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!