2019-yil 13-mart kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida yashovchi F.A. IIBga murojaat qilib, shu yil 27-fevral kuni A.Temur ko‘chasida B.H. ismli shaxs undan RedMi 5 rusumli mobil telefonini qo‘ng‘iroq qilish uchun olib, voqea joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Foto: IIV

Ko‘rilgan choralar natijasida B.H. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.