2019-yil 13-mart kuni noma’lum shaxs Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi bankning avtomashinalar turar joyida eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan A.Sh. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashinani haydab qochgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Foto: IIV

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi B.Yu. mast holda sodir etganligi aniqlanib, u avtomashinani Uchtepa tumani 12-dahada haydab ketayotganida qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.