Avval Toshkent metrosining “Beruniy” va “Tinchlik” bekatlari orasida harakatdagi vagon to‘xtab qolganligi haqida xabarlar tarqalgan edi. “Toshkent metropoliteni” UK ma’muriyati ushbu sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan izoh berdi, deb yozadi UZ24.

Foto: UZ24

“2019-yil 15-mart taxminan soat 11:45 da 39-marshrut bo‘yicha harakatlanayotgan harakat tarkibi “Beruniy” bekatidan “Tinchlik” bekati tomon harakatlanganda texnik nosozlik sababli ikki bekat oralig‘ida to‘xtab qolgan.  Nosozlik 8 daqiqada bartaraf etilib, harakat tarkibi o‘z yo‘nalishini davom ettirdi”, — deyiladi izohda.

“Nuz.uz” esa hodisa aks etgan videoni e’lon qildi.