Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari navbatdagi bojxona qonun buzilishi holatiga o‘z vaqtida chek qo‘ydi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Jumladan, “Boldir” temir yo‘l chegara bojxona posti orqali, O‘zbekistonga yo‘lovchi poyezdida kirib kelgan fuqaro H.Z. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilgan. Natijada, fuqaroning cho‘ntaklarida bojxona xodimlariga ma’lum qilinmagan, O‘zbekistonda muomalasi cheklangan giyohvand moddalar ro‘yxatiga kiruvchi “Tramadol 50 mg” nomli 20 dona kapsulalar borligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)