Shavkat Mirziyoyev Kraystcherch shahrida sodir etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Yangi Zelandiya general-gubernatori Petsi Reddiga hamdardlik maktubi yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari halok bo‘lganlarning yaqinlariga samimiy ta’ziya va hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning tez fursatlarda shifo topishlarini tiladi.

Eslatib o‘tamiz, Yangi Zelandiyadagi ikki masjidda uyushtirilgan otishma qurbonlari soni 49 kishiga yetdi.