Samarqandda o‘ziga biriktirilgan mahalla hududida jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘ymay, jinoyatlarni kamayishiga erishgan hamda huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda ijobiy natijalarga erishgan 484 nafar profilaktika inspektori 1 million so‘mdan, 60 nafar mahalla faoli, jamoatchilik vakillari esa 800 ming so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Foto: Samarqand viloyati IIB

Samarqand viloyat IIB matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Samarqand viloyatida joriy yilning 2 oyi davomida, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida hamkorlikda o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida, mavjud 1087 ta mahallaning 940 tasida jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan.

Foto: Samarqand viloyati IIB

Tantanali tadbirda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov boshchiligida viloyat rahbarlari ishtirok etdi.

Oldinroq Qashqadaryo va Farg‘onada profilaktika inspektorlari, mahalla faollari hamda jamoatchilik vakillari taqdirlangani ma’lum qilingandi.