Rossiyaning Appreal Group kompaniyasi “Mir” teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda TopTripTip Uzbekistan elektron turistik yo‘lko‘rsatkichini taqdim etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasiga tayanib, “Podrobno.uz” xabar berdi.

Foto: “Podrobno.uz”

U Android va iOS bazasida ishlovchi smartfonlarda foydalanish uchun mo‘ljalangan. Ilova O‘zbekistonning turistik salohiyati, tarixiy obidalari va asosiy yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot olish imkonini beradi.

Ma’lumotlar mamlakat mintaqalari bo‘yicha taqsimlangan, interaktiv qidiruv tizimi ham mavjud. Jumladan, O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan yirik tadbirlar, eng yaxshi mehmonxonalar, restoranlar haqida bilish mumkin.