Davlat xizmatlari markazi xodimlari Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanidagi xonadonlardan birida kutilmagan voqeaga duch keldi. Bu haqda “Daryo”ga Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

Gap shundaki, 91 bahorni qarshilagan Rajab momoning hech qanday hujjati yo‘q ekan.

Markaz xodimlari ko‘magi bilan 1928-yilda dunyoga kelgan Rajab Rahmatovaga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvi tiklanib, unga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi.

Onaxonga shu asosda fuqarolik pasporti rasmiylashtirildi.