Haftaning birinchi yarmida ijtimoiy tarmoqda qanday mavzular trendda turdi, dolzarb muhokamalar markazida kimlar va nimalar bo‘ldi — bular haqida navbatdagi dayjestimizdan bilib olasiz.

Ot aylanib qozig‘ini topdi

O‘tgan hafta “Real” bosh murabbiyi etib afsonaviy Zayniddin Zidan qaytadan tayinlandi. Bu haqda mag‘lubiyatlardan zada bo‘lib turgan muxlislar, xususan, o‘zbekistonlik “realchi”lar do‘ppilarini osmonga otib qarsak chalib yuborishdi; oyoqlarining tagiga qo‘y so‘yvorishardi-yu, masofa uzoqlik qildi. Shu haqdagi izoh va postlardan ayrimlarini keltiramiz:

Bahriddin Asror

O‘g‘li Afg‘onistondan sog‘-omon qaytgan (1981-yil) bobomga o‘xshab o‘tiribman, Zidan qaytganiga! Bu yil trenirovka, keyingi mavsum kuboklar Zidanday yana “Real”ga qaytadi! Tabriklarim “realchi”lar! Hala Madrid!

Foto: Facebook

Muslim Mirzajonov Facebook sahifasiga hajviy video joyladi.

Kobiljon Isakov

Babayan maqtanib yurganmish, “mana, Zidan ham menga o‘xshab qayttiku”, deb...

* * *

Facebook’ning “Maslahat.uz” guruhiga qo‘yilgan ushbu surat 450 dan oshiq like olib, yuzlab izohlarga sazovor bo‘ldi. Ofarin, saxovatpeshalar ko‘paysin!

Xurshida xonim

Foto: Facebook

Saxovatli bir odam Farg‘ona viloyatidagi magistral yo‘lida o‘tgan-ketgan yo‘lovchilar uchun bepul choy va qahva tarqatishni yo‘lga qo‘yipti. Yaxshi tashabbus.

Mushohadali post-surat.

Madina Mo‘minova

Foto: Facebook

Biz endi bu yog‘iga yuz yil yashasak ham mana shu samimiyatga yetina olmaymiz.

Haqni yuzaga chiqarish uchun ba’zida aql bilan tadbir qilish kerak bo‘ladi. Shu haqda hikoya.

Musannif Adham

Bir amerikalik kishi advokatning oldiga maslahat so‘rab keldi:

– Qo‘shnim besh yuz dollar qarz olgandi, endi bermayapti. Undan pulimni undirish uchun sudga bersam bo‘ladimi?

– Albatta. Lekin buning uchun u sizdan qarz olgani to‘g‘risida yozma dalil kerak. Sizda shunday dalil bormi?

– Afsuski, yo‘q. U mendan shunchaki pul olgandi.

– U holda qo‘shningizga xat yozib, zudlik bilan ming dollarlik qarzini to‘lashini talab qiling.

– Lekin u mendan faqat besh yuz dollar qarz olgan!

– Yashang, u xuddi shunday deb javob qaytaradi. Sizda esa endi yozma dalil-isbot bo‘ladi.

* * *

Mubashshir Ahmad

Foto: Facebook

Suratning yarmi qo‘lingizda bo‘lgani holda, haqiqatning hammasini da’vo qilmang!

8-martga davlat tashkilotlaridan tabriklar qanday bo‘lar edi?

Telegram kanallariga o‘tamiz.

“Troll.uz” kanali bir necha qiziqarli karikatura joyladi.

Foto: “Troll.uz”

Foto: “Troll.uz”

Foto: “Troll.uz”

Foto: “Troll.uz”

Nega qonun loyihalari rus tilida?

Bloger Sanjar Saidning Telegram’dagi kanalida achichiq bir post e’lon qilindi.

Nega qonun loyihalari asosan rus tilida?

Taxminimcha, bunga quyidagilar sabab:

- qonun ijodkorlari o‘zbekchani bilmaydi;

- huquqiy hujjatlar rus tilidan ko‘chiriladi (Rossiya qonunlaridan o‘g‘irlanadi);

- adliya tizimida tarjimonlar yetishmaydi;

- barcha darajadagi rahbarlar o‘zbekchani tushunmaydi yoki bilmaydi;

- loyihalarni o‘zbeklar tushunmasligi, gap nima haqida ekanini bilmasligi kerak;

- aholining keng qatlami qonun loyihalari muhokamalarida ishtirok etmasligidan manfaatdor kuchlar bor.

Eng asosiy sabab esa rahbarlarda va qonun ijodkorlarida o‘zbek tiliga zarracha hurmat yo‘q.

PS: qonunlar qaysi tilda ishlab chiqilishi, muhokamaga qo‘yilib, qabul qilinishidan qat’iy nazar ularni oddiy xalq tushunadigan tilda izohlash, sharhlashga ehtiyoj bor.

Yana propiska mavzusi

Bloger va yurist Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanalida Toshkent propiskasi bo‘yicha bir necha postlar e’lon qilinib kelmoqda. Kuni kecha yana bir propiskaga doir maqolasi e’lon qilindi.

Romantik hokimlar

“Rais buva” kanali hajviy so‘rovnoma o‘tkazdi. So‘rovnoma nomi — “Qaysi viloyat hokimi romantikroq”. Kiring, ko‘ring, o‘z hokimingizni qo‘llab-quvvatlang, faqat biroz kulasiz va kuyasiz.

Bizda hozircha shular, dayjestlarimizni kuzatishda davom eting.

Isroil Tillaboyev tayyorladi.