14-mart kuni Novosibirskda terrorizmni targ‘ib qilishda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi Abduvahob Mirzaboyevning sud ishi tugatildi, deb xabar berdi “Kommersant”.

Foto: Google Images

Ma’lum bo‘lishicha, Abduvahob Mirzaboyev IShIDning “Jamaat at-Tavhid val-Jihod” jangarilar guruhiga moliyaviy yordam ko‘rsatgan. Ularning uch nafari bilan yozishib, muloqotda bo‘lgan.

Tergov ishlaridan aniqlanishicha, ayblanuvchi QiWi hamyon elektron to‘lov tizimi orqali 133 rubl 84 tiyin (ikki dollar) pul o‘tkazgan. Huquq-tartibot organlarining aytishicha, pul sinov tariqasida o‘tkizilgan.

Shuningdek, ularning taxmin qilishicha, Mirzaboyev o‘z atrofidagilarga harbiy harakatlarda ishtirok etish uchun Suriyaga borishni taklif qilgan.

2018-yilning may oyida gumonlanuvchi Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmatining Novosibirsk bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

14-mart kuni Abduvahob Mirzaboyevga sud tomonidan 10 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.