“O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar zalida bo‘lib o‘tgan birinchi Markaziy Osiyo iqtisodiy forumi doirasida Qozog‘iston O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘iziston rasmiy hukumat delegatsiyalari uchun kosmik loyiha taqdim etildi. Bu haqda “Nuz.uz” xabar berdi.

Foto: “Nuz.uz”

Koinot sohasidagi hamkorlik besh tomonlama hamkorlikning yangi yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi mumkin. Qozog‘istonning ishlab chiquvchilari aytgan so‘zlarga ko‘ra, mintaqaviy loyihada beshta Yerni masofadan turib zondlash sun’iy yo‘ldoshlaridan iborat guruhni yaratish ko‘zda tutilgan.

“Loyihaga ko‘ra, har bir mamlakat masofadan turib yuqori sifatli ma’lumot olish imkonini beruvchi sun’iy yo‘ldoshga ega bo‘ladi. Bu esa Yer yuzasini tekshirish samaradorligini oshiradi va har bir mamlakatga qishloq xo‘jaligi yoki iqtisodiyotning boshqa sohalarini rivojlantirishda o‘z monitoringini joriy etish imkonini beradi”, — deydi Qozog‘iston Bosh vazirining o‘rinbosari Jenis Kasimbek.

Qozog‘iston loyiha doirasida ushbu takliflarni tahlil qilish va o‘rganish uchun barcha mamlakatlarga ishchi guruhlarni yuborishni taklif qilgan.

Ekspertlar Yerni masofadan zondlash texnologiyasi sayyorani o‘rganish va doimiy monitoring qilish, resurslardan samarali foydalanish va ularni boshqarishga yordam berishning ajralmas vositasi deb ta’kidlagan.