Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush Yevro—2020 saralashida Ukraina (23-mart kuni) va Serbiyaga (26-mart kuni) qarshi o‘yinlar uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi.

Foto: Eurosport

Undan bir necha o‘yinlarni o‘tkazib yuborgan Krishtianu Ronaldu ham o‘rin oldi.

Darvozabonlar: Betu (“Go‘ztepa”), Joze Sa (“Portu”), Ruy Patrisiu (“Vulverhempton”);

Himoyachilar: Joau Kanselu (“Yuventus”), Nelson Semedu (“Barselona”), Joze Fonte (“Lill”), Pepe (“Portu”), Ruben Diash (“Benfika”), Mariu Ruy (“Napoli”), Rafael Gerreyru (“Borussiya” D).

Yarim himoyachilar: Danilo Pereyra (“Portu”), Ruben Nevesh (“Vulverhempton”), Vilyam Karvalyu (“Betis”), Brunu Fernandesh (“Sporting”), Joau Mariu (“Inter”), Joau Moutino (“Vulverhempton”), Pissi (“Benfika”).

Hujumchilar: Bernardu Silva (“Manchester Siti”), Gonsalu Gedesh (“Valensiya”), Rafa Silva (“Benfika”), Andre Silva (“Sevilya”), Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”), Diogu Jota (“Vulverhempton”), Diyego Souza (“Braga”), Juan Felish (“Benfika”).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!