Bugun, 15-mart kuni O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri aktrisasi, O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Dilbar Abdulazizova 68 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Daryo”ning ishonchli manbasi xabar bermoqda.

Foto: “Daryo”

Dilbar Abdulazizova 1951-yili Toshkent viloyatida tug‘ilgan. U hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida tahsil olgan. “Bahor qaytmaydi” video filmidagi Muqaddamning dugonasi Lobar roli bilan xalq e’tiboriga tushgan. 1973-yildan buyon O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida ijod qilgan aktrisa “Qizil qalpoqcha”, “Sehrli soatcha”, “Ming bir kecha”, “Meshpolvon”, “Qor malikasi” singari yuzdan ziyod sahna asarlarida turli xarakterdagi qahramonlarni ijro etgan.

2000-yil O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, 2013-yilda esa O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti unvoniga sazovor bo‘lgan. Oilali, bir o‘g‘il va bir qizning onasi edi.

Tahririyatimiz va yurtdoshlarimiz nomidan marhumaning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”