Interpol saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishiga aloqadorlikda gumon qilinayotgan 20 kishini qidiruvga berdi. Bu haqda “Korrespondent.net” ma’lum qildi.

Foto: EPA

Ularning barchasi Saudiya Arabistoni fuqarolari ekanligi bildirilmoqda.

Turkiya adliya vazirligi jurnalist o‘limi munosabati bilan o‘tgan yil noyabrida 18, dekabrida esa yana 2 kishiga nisbatan qidiruv e’lon qilishni so‘ragandi.

Interpol “qizil kartochka”siga tushgan shaxslar darhol qamoqqa olinishi va ekstraditsiya qilinishi talab etiladi.